Bahodir Jalolov WBC reytingida ikki pog‘ona yuqoriladi
Sport
−
14:27 1130 1 daqiqa
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Jahon boks kengashining (WBC) yangilangan reytingida ikki pog‘ona yuqoriladi. Buni yangilangan reytingda ko‘rish mumkin.
WBC’ning yangi reytingida Jalolov og‘ir vazn toifasida 11-o‘rinni egalladi. Avvalgi reytingda u 13-pog‘onada qayd etilgan edi.
Jalolovdan yuqorida turgan ukrainalik Andrey Novitskiy ham reytingdagi o‘rnini yaxshilab, 12-o‘rindan 10-pog‘onaga ko‘tarilgan. Top-10 likda qolgan bokschilar o‘z o‘rinlarini saqlab qolgan. Buyuk britaniyalik Tayson Fyuri esa hamon reyting peshqadami bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov so‘nggi jangini joriy yilning 9 may kuni Manchesterda o‘tkazgandi. Unda o‘zbekistonlik bokschi xorvatiyalik og‘ir vazn vakili Agron Smakichni muddatidan oldin mag‘lub etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilgi Parij Olimpiadasi chempioni Abdumalik Halokov vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) dunyoning eng yaxshi havaskor bokschisiga aylangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi