Zelenskiy birinchi marta Qrim ko‘prigidagi portlashga izoh berdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy birinchi marta Qrim ko‘prigidagi portlashga izoh berdi. Bu haqda Zelenskiy kanadalik jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida fikr bildirdi, deb yozadi CTV News.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina anneksiya qilingan Qrim yarim orolini Rossiya bilan bog‘lovchi ko‘prikning vayron qilinishiga aloqador emas.

“Bilishimcha, biz buni buyurtma qilmaganmiz”, deydi Zelenskiy Qrim ko‘prigida yaqinda ro‘y bergan portlashlarni izohlar ekan.

Qrim ko‘prigida portlash

Eslatib o‘tamiz, 8 oktyabr kuni Qrim ko‘prigida portlash yuz berdi va natijada poyezdagi sisternalarda yong‘in chiqdi. Rossiya huquq-tartibot idoralari ko‘prikda yuk mashinasi portlatilganini ma’lum qildi. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi terrorchilik moddasi bilan jinoiy ish ochdi.

Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak hodisaga munosabat bildirib, bu boshlanishi ekanini, noqonuniy qurilgan barcha narsa yo‘q qilinishini ta’kidladi.

Prezident Vladimir Putin buyrug‘i bilan hodisani o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzildi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.

Rossiya Federatsiyasi FXX va Tergov qo‘mitasi Qrim ko‘prigidagi terakt tashkilotchisi Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi, uning boshlig‘i Kirill Budanov, xodimlari va agentlari bo‘lganini iddao qilmoqda. Qrim ko‘prigidagi portlash bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi doirasida 8 kishi, jumladan, besh nafar Rossiya, uch nafar Ukraina va Armaniston fuqarolari qo‘lga olindi.

Qrim ko‘prigi Rossiyadagi eng uzun ko‘prik bo‘lib, uning uzunligi 19 kilometrni tashkil qiladi. Avtomobil qismi 2018 yil may oyida foydalanishga topshirilgan. 2019 yil dekabr oyida esa uning temir yo‘l qismi bo‘ylab birinchi poyezdlar harakatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

784

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing