Zelenkskiy “Azovstal”da qancha ukrainalik askar asir tushganini ochiqladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukrainaning Mariupol shahridagi “Azovstal” zavodida uzoq Rossiyaga qarshilik ko‘rsatgan 2,5 mingga yaqin ukrainalik askarlar asirlikda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berdi.

“Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi bu masala (asirlikda askarlar) bilan shug‘ullanishi kerak va bu natija berishi zarur. Natija esa yagona – askarlarni uylariga qaytarish”, deydi Zelenskiy. 

Ukraina rahbariga ko‘ra, mahbuslarni almashish masalasi bo‘yicha Bosh razvedka boshqarmasi negizida maxsus qo‘shma organ tuzilgan. Bosh razvedka boshqarmasiga yuklangan birinchi vazifa ukrainalik harbiy asirlarni tiriklayin olib chiqish.

“Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi  “Azovstal” zavodidagi askarlarni tiriklayin uyga qaytarishi kerak. Bu oson emas. Biroq biz ular o‘z zimmasiga olgan vazifani muvaffaqiyatli bajarishiga ishonamiz”, deydi Ukraina Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 may kuni “Azovstal” zavodi hududi butunlay rus qo‘shinlari nazoratiga o‘tdi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zavodda bo‘lgan 531 kishidan iborat so‘nggi guruh taslim bo‘lgan, 2439 kishi qurolini tashlagan.

Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilinning aytishicha, DXR nazorati ostidagi hududlarda 5 mingga yaqin ukrainalik harbiy asir saqlanmoqda. Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, ulardan 2,4 ming nafari “Azovstal” hududida taslim bo‘lgan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing