Yun Sok Yolning maoshi oshirildi

Olam

image

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning maoshi rejalashtirilgan indeksatsiyaga muvofiq oshirildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Unga ko‘ra, prezidentning maoshi 3 foizga oshirilib, yiliga 262,2 million von (179 ming dollar)ni tashkil qilgan.

Bu yangilik jamiyatda norozilik uyg‘otgan, chunki ko‘pchilik janubiy koreyaliklar lavozimidan chetlatilgan prezidentning maoshini oshirishni adolatsizlik deb hisoblagan. Shu bilan birga, eng kam ish haqi atigi 1,7 foizga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 3 dekabr kuni kechqurun Yun Sok Yol Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilgan edi. Ammo bu holat taxminan olti soatdan keyin bekor qilindi. Shundan so‘ng, 14 dekabr kuni Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilindi. Oqibatda uning vakolatlari to‘xtatildi.

Birlashgan tergov guruhi 14 dekabr kuni parlamentda impichment e’lon qilinganidan keyin vakolatlari to‘xtatilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olishga order berish uchun Seul sudiga murojaat qilgandi. Janubiy Koreya sudi tergovchilarning iltimosini qanoatlantirib, Yun Sok Yolni hibsga olishga order berdi. Orderga ega tergovchilar 3 yanvar kuni mamlakat tarixida birinchi marta prezident qarorgohiga uni hibsga olish maqsadida yetib borgan,  ammo tergovchilar Yun Sok Yolni hibsga olish bo‘yicha bo‘lgan besh soatlik qarama-qarshilikdan so‘ng unga qarshi order ijrosini to‘xtatishga qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Yun Sok Yol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing