Yevropa yetakchilari Samarqandda eman ekdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 aprel kuni Samarqandda oliy darajadagi O‘zbekiston-Yevropa muzokaralari yakunida birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Samarqand shahridagi Kongress markazi xiyobonida ikki tup eman ekdi.

“Ko‘chat ekish marosimi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida do‘stlik, ko‘p qirrali hamkorlik va sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganining yana bir ramzi bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 aprel kuni "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi oliy darajadagi sammitda qatnashish uchun Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib borgandi. Mirziyoyev kecha, 2 aprel kuni kechqurun Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta bilan, bugun, 3 aprelda esa Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bugun, 3 aprel kuni esa Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham Samarqandga keldi.

Bugun Shavkat Mirziyoyev Antoniu Koshta va Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ularning huzurida Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi Ursula fon der Lyayen eman Antoniu Koshta Samarqand sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing