YeIning 11-sanksiya paketiga javoban Rossiya ayrim yevropaliklarni mamlakatga kirishini taqiqladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining o‘n birinchi paketi munosabati bilan Rossiya TIV bayonot berib, G‘arb davlatlarining Moskvaga qarshi har qanday nodo‘stona harakatlariga o‘z vaqtida va munosib javob berishini bildirdi. Tegishli hujjat vazirlik saytida e’lon qilindi.  

“Yevropa Ittifoqi bir tomonlama cheklovchi choralar orqali Rossiyaga bosim o‘tkazishga urinishda davom etmoqda. 23 iyun kuni YeI davlatlari o‘n birinchi sanksiyalar “paketi”ni qabul qildi. Biz YeIning bunday xatti-harakatlarini noqonuniy, BMT Xavfsizlik Kengashining xalqaro-huquqiy imtiyozlariga putur yetkazuvchi, deb hisoblaymiz”, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Bildirilishicha, Rossiya tomoni “nodo‘stona harakatlar”ga javoban mamlakat hududiga kirishi taqiqlangan Yevropa institutlari va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar vakillari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirgan.

Gap YeI mamlakatlari huquq-tartibot idoralari, davlat va tijorat tashkilotlari vakillari, Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishda ishtirok etgan YeIga a’zo davlatlar fuqarolari, Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashga mas’ul bo‘lgan va Rossiyaning boshqa davlatlar bilan munosabatlarini buzishga uringan Yevropa tuzilmalari vakillari haqida bormoqda.

 “Cheklovlar, shuningdek, Rossiya bilan qarama-qarshi kun tartibini ilgari surayotgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari parlamentariylariga ham tegishli”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketini e’lon qilgan edi. “Qora ro‘yxat”ga O‘zbekistondagi 2 kompaniya ham kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi 11-sanktsiya paketi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing