Yaponiya Ukrainaga Rossiya pullari hisobidan 3 mlrd dollar ajratadi

Olam

image

Yaponiya hukumati Kiyev uchun G7 kreditlari doirasidagi jami 50 milliard AQSH dollaridan taxminan 3 milliard AQSH dollarini ajratadi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar berdi.

O‘tgan hafta G7 rahbarlari Ukrainaga kredit ajratish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. G7 Moliya vazirlarining aytishicha, Kiyevga qariyb 50 milliard AQSH dollari miqdoridagi kreditlar 2024 yil dekabrdan 2027 yil 31 dekabrgacha to‘liq to‘lanadi. Kreditning asosiy qismi va foizlar Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan beriladi.

“Yaponiya hukumati Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalangan holda G7 mamlakatlaridan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 471,9 milliard iyena (3 milliard AQSH dollaridan sal ko‘proq) mablag‘ yo‘naltiradi”, deyiladi xabarda.

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva G‘arb tomonidan muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilganlarga javob berishini aytdi. 

“Rossiya federatsiyasi ham G‘arb davlatlari Rossiyada ushlab turgan mablag‘larni qaytarmaslik imkoniyatiga ega”, degan TIV vaziri.

Ukrainada Rossiya urush boshlanganidan so‘ng, Yevropa Ittifoqi va G7 mamlakatlari Rossiya Federatsiyasining valyuta zaxiralarining deyarli yarmini – taxminan 300 milliard yevroni muzlatib qo‘ydi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq G7 davlatlari Kiyevni NATOga a’zo bo‘lish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashini va “qisqa va uzoq muddatda” Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etishini ma’lum qilgandi. Xususan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari Ukrainaga Kiyevga 35 milliard yevrogacha miqdorda kredit berish bo‘yicha kelishib oldi. AQSH esa Ukrainaga muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan foyda hisobiga qaytarish sharti bilan G7 krediti doirasida 20 milliard dollargacha mablag‘ ajratishga tayyor ekani xabar qilindi. Buyuk Britaniya ham Kiyevga Rossiyaning Ukrainaga qurolli bosqinidan so‘ng muzlatib qo‘yilgan Rossiya aktivlaridan tushgan foyda evaziga 2,26 milliard funt sterling (2,71 milliard yevro) miqdorida kredit berishni rejalashtirmoqda.

 

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Yaponiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing