Yaponiya hozircha Falastinni tan olmoqchi emas

Olam

image
Portugaliya ertaga Falastin davlatini tan oladi north_east

Portugaliya ertaga Falastin davlatini tan oladi

Yaponiya Falastin davlatini shu oygi BMT yig‘ilishlarida tan olishni rejalashtirmayapti. Bu haqda kecha, 19 sentyabr kuni mamlakat Tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya ma’lum qildi.

Vazir Tokio uchun Isroil va Falastin o‘rtasida ikki davlat yechimini qo‘llab-quvvatlayotgan sharoitda masala “tan olish yoki tan olmaslik” haqida emas, balki “qachon tan olish” haqida ekanini ta’kidladi.

“Men xalqaro hamjamiyatda ham, Yaponiyaning ichida ham Falastin davlatini tan olishga chaqiriqlar kuchayib borayotganini yaxshi bilaman. Biroq hukumatning mas’uliyati – haqiqatan ikki davlat yechimini ta’minlaydigan yo‘lni jiddiy tahlil qilish va shu yo‘nalishda diplomatik harakatlarni amalga oshirishdir”, dedi Ivaya matbuot anjumanida.

Kelasi hafta Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasida dunyo rahbarlari yig‘ilar ekan, bir qancha AQSH ittifoqchilari G‘azoga ko‘proq yordam kiritish va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun Isroilga bosim o‘tkazish maqsadida Falastin davlatini tan olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ivaya Yaponiya Isroilning G‘azoda harbiy operatsiyalarni kengaytirish kabi bir tomonlama harakatlarini ma’qullamasligini va agar Isroil ikki davlat yechimiga yo‘lni yopadigan qadamlar tashlasa, Tokio javob qaytarishini bildirdi.

G‘azodagi mojaro munosabati bilan Yaponiyaning javobi Isroil vazirlariga qarshi sanksiyalarni ham o‘z ichiga oladimi, degan savolga Ivaya hukumat hech qanday variantni istisno etmasligini, shu jumladan, Falastin davlatini tan olishni ham ehtimoliy chora sifatida ko‘rib chiqishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Falastinni tan olishni sentyabr oyida Bosh assambleya yig‘ilishida e’lon qilishini bildirgandi.

Shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham iyulda BMT Bosh assambleyasida Falastinni tan olishga tayyorligini bildirgan edi.

Bundan tashqari, BelgiyaPortugaliyaKanada va Malta kabi G‘arb davlatlari ham Falastinni tan olish niyatida ekanini ma’lum qilgan. Ularning aksariyati buni yaqinda bo‘ladigan BMT Bosh assambleyasida amalga oshirmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing