Kanada ham Falastinni tan olmoqchi

Olam

image

Kanada sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida Falastin davlatini tan olmoqchi. Bu haqda kecha, 30 iyul kuni mamlakat Bosh vaziri Mark Karni bayonot berdi.

Bayonot matnida aytilishicha, Falastinni tan olish qarori Falastin Milliy ma’muriyatining zarur islohotlarga sodiqligi bilan bog‘liq. Xususan, Falastin rahbari Mahmud Abbosning boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, 2026 yilda umumiy saylovlar o‘tkazish va bu saylovlarda HAMAS harakati ishtirok eta olmasligi haqidagi majburiyatlari muhim asos bo‘lgan.

Bundan tashqari, Karni 2023 yil 7 oktyabr kuni uyushtirilgan harakat ortidan asirga olinganlar darhol ozod qilinishi lozimligini aytib, HAMASni bunga chaqirgan va harakat “Falastinni boshqarishda mutlaqo hech qanday rol o‘ynamasligi kerak”, deya ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Falastinni tan olish bo‘yicha reja tayyorlayotgani va bu hafta ichida e’lon qilinishi mumkinligi xabar qilingan edi. O‘tgan haftada Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham Falastin davlatini tanlash tarafdori ekanini bildirgandi.

Shuningdek, Malta Bosh vaziri Robert Abela Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining sentyabr oyidagi yig‘ilishida Falastinni davlat sifatida rasman tan olishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Kanada Mark Karni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing