Yangi hafta neft narxining tushishi bilan boshlandi
Olam
−
23 mart 2020
5626Dunyoda neft narxi savdolar boshlanishi bilan keskin tushib ketdi. Birja ma’lumotlariga ko‘ra, pasaysh 8-9 foizni tashkil qilyapti. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Brent markali neft narxi 8,22 foizga tushib bir barreli 25,13 dollarga teng bo‘lgan. WTI markali neft esa 9,89 foizga arzonlashib, bir barreli 21,32 dollargacha pasaygan.
Qayd etish kerakki, neft narxi hafta sayin pasayib, shu past narx odatiy holga aylanib qolyapti. “Qora oltin”ning arzonlashishi mart oyi boshida Rossiya va OPEC neft qazib olish hajmi bo‘yicha kelishuvga erisha olmagach, boshlagandi. O‘tgan hafta davomida Brent markali neftning bir barreli 28-30 dollar atrofida bo‘ldi va keyinroq yanada pasaydi.
Neft narxining bu qadar past bo‘lishi iqtisodi "qora oltin"ga bog‘langan Rossiya, Venesuela, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarga og‘ir zarba beradi.
LiveBarchasi