Ummon Hormuz böğozida yonayotgan neft tankeridan 25 kişini qutqardi
Olam
−
14:44 456 3 daqiqa
Ummon Hormuz böğozida yonayotgan xom neft tankeridan 25 nafar ekipaj a’zosini qutqarib qoldi. Voqea Eron Hormuz böğozidan “ruxsat etilmagan yönalişlar” orqali ötişga uringan törtta neft tankeri töxtatilganini ma’lum qilgan bir paytda sodir böldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, Ummon Dengiz xavfsizligi markazi joriy yilning 30 oktyabr kuni RITI savdo kemasidagi 25 nafar ekipaj a’zosi evakuatsiya qilinganini bildirgan. Kema Panama bayroği ostida harakatlangan. “MarineTraffic” kemalar harakatini kuzatiş platformasi esa uni xom neft taşuvçi tanker sifatida qayd etgan.
Hozirça yonğin kelib çiqişiga nima sabab bölgani va tanker Eron tomoni töxtatgan törtta kema orasida bölgan-bölmagani ma’lum emas.
Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) ma’lum qilişiça, töxtatilgan törtta kema ham neft taşigan. Ular “ruxsat etilmagan yönalişlar” orqali ötişga uringan vaqtda turli hodisalarga duç kelgan yoki dengiz minalariga uçragan.
“Hormuz böğozining şarqiy qismidagi bitta va ğarbiy qismidagi yana bir neft tankeri ruxsat etilmagan yönaliş orqali ötişga uringanida baxtsiz hodisaga uçradi va böğoz janubidagi suvlarda töxtatildi”, deyiladi IIQKningjoriy yilning 30 oktyabr kuni tarqatgan bayonotida.
Bir neça soat ötgaç, korpus yana ikkita tanker dengiz minalariga duç kelişi oqibatida portlab, yonib ketganini ma’lum qilgan. Ularning har biri 2 million barreldan ortiq neft taşigan. Şuningdek, Eron Harbiy-dengiz kuçlari joriy yilning 30 oktyabr kuni böğozning şarqiy qismida duşmanga tegişli uçuvçisiz qurilma urib tuşirilgani va yöq qilinganini bildirgan.
Eron avval ham Tehron ruxsatisiz Hormuz böğozidan ötişga uringan kemalarni bir neça bor ogohlantirgan. Mamlakat ötgan oyda bunday kemalar “yöq qilinişi” mumkinligini bildirgan edi.
Ma’lumot uçun, Tehron joriy yilning 28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga qarşi uruş boşlaganidan beri Hormuz böğozining katta qismi ustidan nazorat örnatganini da’vo qilmoqda. Biroq AQŞ harbiylari Eronning dengiz minalari haqidagi da’volarini rad etmoqda. AQŞ Markaziy qömondonligi rahbari Bred Kuper keça, 30 oktyabr kuni Hormuz böğozidagi xalqaro miqyosda tan olingan asosiy tranzit yönalişlari Eron dengiz minalaridan tozalanganini ma’lum qildi.
Buyuk Britaniyaning Dengiz savdo operatsiyalari agentligi ma’lumotiga köra, Hormuz böğozi orqali kemalar harakati uruşdan oldingi körsatkiçlarga nisbatan qariyb 70 foizga kamaygan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Hormuz böğozida bir keçaning özida yettita neft tankeri hujumga uçragani haqida xabar berilgan edi.
Jasmina Murtazoyeva
Live
Barchasi