Bu Rossiya uchun juda halokatli – Tramp neft narxiga ta’sir o‘tkaza olishini aytdi

Olam

image
Dunyoda global iqtisodiy inqiroz boshlandi north_east

Dunyoda global iqtisodiy inqiroz boshlandi

Dunyo neft bozorida narxlarning o‘sishi boshlandi. Bugun, 20 mart kuni Brent markali neft kechagi katta yo‘qotishlardan so‘ng biroz o‘nglanib, bir barreli 30,97 dollarga teng bo‘lib turibdi. WTI markali neftning narxi bir barreliga 26,62 dollarga teng bo‘lib turibdi.

Neft bozoridagi o‘sish AQSH Prezidenti Donald Trampning bayonotidan keyin boshlandi. Tramp Amerika “kerak vaqtda” neft bozoridagi vaziyatga aralashishini ma’lum qildi. U hozircha esa AQSH past narx va o‘z neft sanoatining himoyasi o‘rtasidan manfaat topib, o‘ziga xos “o‘rtalikni” qidirayotganini ma’lum qildi.

“Bir tomondan bizning iste’molchilarga bu (neft narxining pasayishi) yordam beryapti. Bu huddi soliqlarni pasaytirishga o‘xshaydi... Biroq boshqa tomondan ajoyib (neft) sanoatimizga zarar beryapti”, degan Tramp.

Tramp AQSH neft narxiga ta’sir o‘tkaza olishini, bu holat Rossiya uchun halokatli ekanini aytib o‘tgan.

“Bizda vaziyatga ta’sir qilish uchun jiddiy dastaklar bor. Biz o‘rtalikni topishga harakat qilyapmiz. Bu Rossiya uchun juda halokatli, chunki ularning butun iqtisodi shunga (uglevodorodlarga) asoslangan. Hozir neft uchun o‘n yillikdagi eng past narxlar, shu sababdan bu Rossiya uchun xonavayron qiluvchi holat. Bu Saudiya Arabistoni uchun ham juda yomon. Ammo ular narx va qazib olish hajmi bo‘yicha kurashyapti. Kerak vaqtda men aralashaman”, degan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda neft narxi Rossiya va OPEC o‘rtasidagi neft qazib olish bo‘yicha kelishuv barbod bo‘lganidan keyin tusha boshladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing