Ummon qirğoqlari yaqinida neft tankerida portlaş sodir böldi (video)
Olam
−
15:36 349 2 daqiqa
Bugun, 21 noyabr kuni Ummonning Xasab şahri yaqinida Hormuz böğozi orqali harakatlanayotgan neft tankerlariga nisbatan ikkita alohida hujum sodir böldi. Hodisalar oqibatida tankerlar noma’lum snaryadlar bilan urilgan, biroq qurbonlar qayd etilmagan. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, birinçi hodisa Xasab portidan taxminan 11 dengiz mili şimolda sodir bölgan. Harakatlanayotgan tanker orqa tomonidan noma’lum snaryad bilan urilgan. Keyinroq UKMTO Xasabdan 17 dengiz mili şarqda yana bir hodisa haqida xabar bergan. Unda tankerning dvigatel xonasiga noma’lum snaryad kelib tekkan. Hozirça har ikki hodisa bir kemada sodir bölgan yoki ular turli tankerlarga tegişli ekani aniqlanmagan.
UKMTO ma’lumotlariga köra, ikkala hodisada ham qurbonlar qayd etilmagan. Şuningdek, atrof-muhitga yetkazilgan zarar hozirça noma’lumligiça qolmoqda. Britaniya dengiz xavfsizligi agentligi ma’lumotlariga köra, uşbu hodisalar juma kuni Xasab yaqinida tankerga qilingan şunga öxşaş hujumdan keyin sodir bölgan. Öşanda kema bortida yonğin çiqqan.
Xasab şahri Ummonning Musandam yarim orolida, Hurmuz böğoziga kiriş qismida joylaşgan. Mazkur strategik suv yöli orqali AQŞ va Isroil örtasidagi mojarodan oldin jahon xom neft ta’minotining qariyb beşdan bir qismi taşilgan.
28 fevral kuni mojaro avj olganidan keyin Eron suv yölini yopişga qaror qilgan. Şundan beri Hurmuz böğozi orqali yuk taşiş töxtatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ummon Hormuz böğozida yonayotgan xom neft tankeridan 25 nafar ekipaj a’zosini qutqarib qolgandi. Voqea Eron Hormuz böğozidan “ruxsat etilmagan yönalişlar” orqali ötişga uringan törtta neft tankeri töxtatilganini ma’lum qilgan bir paytda sodir böldi.
Live
Barchasi