Içida 115 kişi bölgan neft platformasi okeanga çökib ketdi. Qurbon bor
Olam
−
11:44 771 2 daqiqa
Markaziy Afrikadagi Gabon sohillarida 115 kişi bölgan Prospector 5 neft burğilaş platformasi okeanga çökib ketdi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 25 oktyabr kuni keçqurun, mahalliy vaqt bilan soat 20:30 atrofida sodir bölgan. Voqea aks etgan videolarda platformaning bir tomonga qiyşayib, asta-sekin suv ostiga çökayotgani körinadi. Yaqin atrofdagi kemadan tasvirga olingan kadrlarda qutqaruv nimçalarini kiygan ekipaj a’zolarining paluba böylab harakatlanayotgani, qutqaruv qayiqlarining esa platformadan uzoqlaşayotgani aks etgan.
Ma’lum qilinişiça, hodisada kamida bir kişi halok bölgan, yana tört kişi – uç nafar Gabon fuqarosi va bir nafar xorijlik bedarak yöqolgan. Biroq Gabon hukumati beş kişi bedarak yöqolganini bildirgan va halok bölgan Hindiston fuqarosi haqidagi xabarni rasman tasdiqlamagan.Hozirda bedarak yöqolganlarni qidiriş va qutqariş işlari mamlakat harbiy-dengiz kuçlari kömagida davom etmoqda.
Şuningdek, Buyuk Britaniyaning Taşqi işlar, Hamdöstlik va taraqqiyot vazirligi Gabonda bölgan tört nafar Britaniya fuqarosiga yordam körsatilayotganini ma’lum qilgan. Vazirlik vakilining aytişiça, ular mahalliy rasmiylar bilan aloqada bölib turibdi. Hodisada Britaniya fuqarolari halok bölmagan.
Prospector 5 burğilaş platformasi Borr Drilling kompaniyasiga tegişli bölib, avvalroq Şotlandiya yaqinidagi Şimoliy dengizda ham işlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Hormuz böğozida bir keçaning özida yettita neft tankeri hujumga uçradi yoki dengiz minalariga duç kelişi oqibatida şikastlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr