Yana bir xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Istanbulda qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
22 fevral
13265O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan San’at Sharipov Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1994 yilda tug‘ilgan Sharipov firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.
"Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishi so‘raladi", deyilgan bu haqdagi xabarda.
Shuningdek, jinoyatga qarshi kurashish maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilayotgani qo‘shimcha qilingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda xalqaro odam savdosi jinoyati doirasida qidiruvga berilib, “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan Nilufar Mirxanova, firibgarlik ayblovi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan va Turkiyada qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Rita Xalilova, fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanib, Turkiyada qo‘lga olingan yana ikki o‘zbekistonlik, keyinroq esa odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblangan Munisaxon Alijonova Toshkentga deportatsiya qilingandi.
LiveBarchasi