Qidiruvda bo‘lgan yana ikki o‘zbekistonlik Turkiyadan deport qilindi
3-sahifa
−
31 yanvar
10729Fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanib, Turkiyada qo‘lga olingan yana ikki o‘zbekistonlik O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi bosh konsulxona matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib, 2022 yildan buyon O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan Faxriddin Shakarboyev (1965 yilda tug‘ilgan) hamda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda ayblanib, 2018 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Humoyunbek Mardonov (1992 yilda tug‘ilgan) 12 yanvar kuni Istanbulda qo‘lga olingan.
30 yanvar kuni ushbu fuqarolar bosh konsulxona diplomatlari ishtirokida Istanbul aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
“Mazkur shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston IIVga murojaat qilishlari so‘raladi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, Turkiyada hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi.
LiveBarchasi