Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan deport qilindi
3-sahifa
−
29 yanvar
27801Firibgarlik ayblovi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan va Turkiyada qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Rita Xalilova Toshkentga deportatsiya qilindi. Bu haqda 28 yanvar kuni O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 1957 yilda tug‘ilgan Rita Xalilova ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib, 2016 yildan buyon O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan. U O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida 13 yanvar kuni Istanbul shahrida qo‘lga olingan.
Rita Xalilova kecha, 28 yanvar kuni Bosh konsulxona diplomatlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishi so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, “Xalqaro odam savdosi” jinoyati doirasida qidiruvga berilib, “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan Nilufar Mirxanova joriy yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan edi.
LiveBarchasi