Çexiyada oğir vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarildi
O‘zbekiston
−
09:41 605 1 daqiqa
Özbekiston elçixonasi kömagida Çexiyada qiyin hayotiy vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, fuqaro Z.H. 2022 yilda işlaş maqsadida Polşaga borib, vaqtinçalik yaşaş ruxsatnomasini rasmiylaştirgan. Biroq doimiy iş topa olmagani sababli 2024 yilda Çexiyaga yöl olgan.
U Çexiyada turli kunlik işlar, jumladan, farroşlik bilan şuğullangan. Ammo huquqiy maqomini rasmiylaştira olmagani va daromadi yetarli bölmagani sababli oğir moddiy ahvolga tuşib qolgan.
Özbekistonga qaytiş uçun yetarli mablaği bölmagani sababli u elçixonaning konsullik bölimiga murojaat qilgan. Elçixona tomonidan öz vaqtida körsatilgan amaliy yordam natijasida özbekistonlik ayol joriy yilning 17 noyabr kuni Praga–Istanbul–Samarqand yönalişi orqali Özbekistonga qaytib kelgan.
“Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari oğir vaziyatga tuşib qolgan fuqarolarimizni qöllab-quvvatlaş va ularning Vatanga qaytişiga kömaklaşiş borasidagi sa’y-harakatlarini izçil davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiyada oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarilgandi.
Live
Barchasi