Pragada ikkita poyezd töqnaşib ketdi. 46 kişi jabrlandi (video)
Olam
−
18:57 198 2 daqiqa
Bugun, 17 noyabr kuni ertalab Çexiya poytaxti Pragada ikki yölovçi poyezdi iştirokida avariya sodir böldi. Hodisa oqibatida 46 kişi jarohatlandi. Ularning tört nafari oğir ahvolda, hayoti xavf ostida. Bu haqda Çexiya politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, töqnaşuv Praga markaziy temir yöl vokzali yaqinida sodir bölgan. Hodisa joyida qutqaruv işlari olib borilgan. Avariya Seyfertova köçasi ustidan ötgan temir yöl köprigida, Bulxar çorrahasi yaqinida, ertalab soat yettilar atrofida yuz bergan.
Çexiyaning “České dráhy” temir yöl taşuvçisi ma’lumotiga köra, töqnaşuvda Milovitse yönalişida harakatlanayotgan OS 9409 elektr poyezdi va Mlada-Boleslavdan yölga çiqqan OS 9507 dizel poyezdi iştirok etgan.
Hozirça poyezdlarning qanday qilib bir yölga çiqib qolgani va töqnaşuvga nima sabab bölgani ma’lum emas. Hodisa yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda.
Avariyadan keyin Praga markaziy vokzalidan Visoçani, Liben va Goleşovitse yönalişlarida poyezdlar harakati töxtatilgan. Şuningdek, temir yölning mazkur qismida harakat vaqtinça çeklangan, uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlar esa boşqa vokzallarga yönaltirilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, töqnaşuv oqibatida yetkazilgan moddiy zarar kamida 650 ming yevroga baholanmoqda.
Çexiya Transport vaziri Ivan Bednarjik hodisa holatlari örganilayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Misr poytaxti Qohiraning janubida ikki yölovçi poyezd töqnaşgandi. Hodisa oqibatida 7 kişi, jumladan, poyezd maşinisti halok bölgan, kamida 125 kişi jarohatlangan edi.
Live
Barchasi