Koreyada özbekistonlik zöravonlikka uçradimi?

Olam

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan özbekistonlik fuqaroga nisbatan zöravonlik aks etgan video 2019 yilda sodir bölgan voqeaga tegişli ekani ma’lum böldi. Holat yuzasidan Migratsiya agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, videolavha 2019 yilning 2 avgust kuni Janubiy Koreyaning SBS News telekanalida e’lon qilingan. Sosan politsiyasi ma’lumotiga köra, unda aks etgan hodisa öşa yilning 26 may kuni Sosan şahrida sodir bölgan.

Ma’lum qilinişiça, video 2019 yilda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi videodagi şaxsni aniqlaş va uni javobgarlikka tortişni sörab, mahalliy politsiyaga rasmiy murojaat kiritgan.

Sosan politsiyasi hodisa yuzasidan suriştiruv ötkazgan va tegişli çoralarni körgan.
Migratsiya agentligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan videoni tarqatişda voqea sanasi va öşa vaqtda körilgan çoralarni ham körsatişni söradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida 2 nafar voyaga yetmagan qizini zörlaganlikda gumonlanayotgan erkak qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing