15 yoşli özbekistonlik qiz Afrikaning eng baland çöqqisini zabt etdi

O‘zbekiston

−

image

15 yoşli özbekistonlik Asal Maksumova Afrikaning eng baland nuqtasi – 5 895 metrlik Kilimanjaro çöqqisiga çiqib, Özbekistondan bu marraga yetgan eng yoş inson böldi. Bu haqda u özining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, Asal Maksumova Kilimanjaroga çiqişni Özbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bağişlagan. Ekspeditsiya Project Independence loyihasi doirasida taşkil etilgan.
Ekspeditsiya iştirokçilari toğning maşhur Marangu yönalişini tanlagan. Olti kun davom etgan safar davomida ular qariyb 72 kilometr masofani bosib ötgan. Yöl nam tropik örmonlardan tortib, baland toğ çöllari va qorli yonbağirlargaça bölgan turli tabiiy hududlardan ötgan.

Çöqqiga çiqişning eng qiyin qismi yakuniy bosqiçi bölib, unda iştirokçilar qariyb 14 soat yöl yurgan. Bu vaqtda balandlikda harorat minus 10 darajagaça pasaygan, qor yoğib, kuçli şamol esgan.

Asal ekspeditsiya davomida 3 720 metr balandlikda joylaşgan Xorombo lagerida jamoasi bilan özbek palovini tayyorlagan. Şuningdek, u toğda uçta milliy raqsni ijro etgan.

Asal Maksumova 7 noyabr kuni Instagram sahifasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga videomurojaat yöllagan. Unda Kilimanjaro çöqqisiga kötarilişini mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlaganini va bu orqali çöqqiga çiqqan eng yoş özbekistonlik bölganini bildirgan.

“Umid qilamanki, öz yuksalişim orqali köplab yoşlarni yangi taşabbuslarga ilhomlantira olaman”, degan Asal Maksumova

Ma’lumot uçun, Kilimanjaro Afrika qit’asining eng baland toğ massivi bölib, uning Uxuru çöqqisi dengiz sathidan 5 895 metr balandlikda joylaşgan. Toğ 1987 yildan buyon YUNESKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing