“Madam Klod” Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
3-sahifa
−
10 yanvar
31028Joriy yilning 5 yanvar kuni Interpol tomonidan qizil bildirishnoma bilan “Xalqaro odam savdosi” jinoyati doirasida qidiruvga berilgan, xalq orasida “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan, 1989 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Mirxanova Nilufar Abduraimovna Turkiyaning Chanoqqal’a viloyati Ayvajik tumanida ushlangani haqida xabar bergan edik.
U joriy yilning 10 yanvar kuni Istanbul xalqaro aeropotidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Nilufar Mirxanova O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida qo‘lga olingan. Shu paytgacha u odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan.
"Mirxanova Nilufar Abduraimovna joriy yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeropotidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Ma’lumot uchun, Mirxanova Nilufarning Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistondan ko‘plab ayollarni noqonuniy yo‘llar bilan Turkiyaga olib o‘tib, vositachilar orqali fohishaxonalarga sotgani aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Madam Klod” bilan uning 7 nafar o‘zbekistonlik hamtovog‘i ham ushlangani ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi