O‘zbekistonlik “Madam Klod” laqabli qo‘shmachi ayol Turkiyada qo‘lga olindi (video)
3-sahifa
−
05 yanvar
19918Interpol tomonidan qizil bildirishnoma bilan qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Mirxonova Turkiyaning Chanoqqal’a viloyati Ayvajik tumanida qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
O‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng Mirxonova Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistondan ko‘plab ayollarni noqonuniy yo‘llar bilan Turkiyaga olib o‘tib, vositachilar orqali fohishaxonalarga sotgani aniqlangan.
Operatsiya natijasida Mirxonova Kichikkuyudagi uyida ushlangan. Politsiya bo‘limidagi tekshiruvlar yakunlangandan so‘ng, Mirxonova deportatsiya qilish uchun Ayvajik Repatriatsiya markaziga yetkazilgan.
Xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan Mirxonova “Madam Klod” laqabi bilan tanilgan. U dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi fohishaxonalarga xorijlik ayollarni yetkazib bergani aytilmoqda. Mirxonova "jinsiy maqsaddagi odam savdosi" aybi bilan Interpol tomonidan qidiruvga berilgan.
LiveBarchasi