Vaziyat keskinlashyapti! Turkiya va arab davlatlari fransuz mahsulotlariga boykot boshladi

Olam

image
Makron o‘qituvchining o‘ldirilishida yana Islom dinini aybladi north_east

Makron o‘qituvchining o‘ldirilishida yana Islom dinini aybladi

O‘qituvchi o‘ldirilganidan keyin fransuzlar jaholatga qarshi namoyishga chiqdi (fotoreportaj) north_east

O‘qituvchi o‘ldirilganidan keyin fransuzlar jaholatga qarshi namoyishga chiqdi (fotoreportaj)

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 83 million fuqarosini "dushman” kayfiyatidagi Fransiya mahsulotlarini sotib olishdan bosh tortishga chaqirdi.

“Fransiyada turk mollarini sotib olmaslikka chaqirmoqdalar, men ham o‘z xalqimga murojaat qilaman: hech qanday holatda ularga hurmat ko‘rsatmang, fransuz ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini sotib olmang”, degan Erdo‘g‘an Anqaradagi chiqishida.

Turkiya yetakchisi jahon hamjamiyati e’tiqodi uchun quvg‘in qilinayotgan Fransiya musulmonlarini himoya qilishi kerakligini ta’kidlagan.

“Siz (Fransiya) haqiqatan natsizmning bir bo‘lagisiz. Fransiya boshqaruvidagi ruhiy davolanishi kerak bo‘lgan odam musulmonlarga hujumini kuchaytirdi”, degan Erdo‘g‘an.

U shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Islomga qarshi hujumlarini Turkiya milliy xavfsizligiga tahdid deb hisoblashini aytgan va Yevropa “nafrat kampaniyasi”ni tugatishiga umid bildirgan.

Shuningdek, qator Yaqin Sharq davlatlarida ham Fransiya kompaniyalari mahsulotini boykot qilishga chaqiruvlar yangradi. Bunga Makronning payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) karikaturasidan voz kechmasligi haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi.

Makronning karikatura bo‘yicha bayonotini Turkiya, Eron, Iordaniya va Kuvayt qoraladi. Islom hamkorligi tashkiloti Fransuz rahbarining fikridan afsusda ekanini bildirdi.

1

Qatardagi Al-Meera va Souq al-Baladi savdo tarmog‘i keyingi ko‘rsatmagacha fransuz mollarini savdodan chaqirib oldi. Qatar universiteti Fransiya madaniyati haftaligini bekor qildi.

Kuvaytda 60 ga yaqin yirik oziq-ovaqat sotuvchi savdo tarmoqlari fransuz mahsulotlaridan voz kechdi. Shuningdek, mamlakatdagi 430 ta turistik agentlik Fransiyaga reys band qilishni to‘xtatdi.

Iordaniyada muxolif “Harakatlarning islom fronti” partiyasi Fransiya mahsulotlarini boykot qilishga chaqirdi.

Islom olami va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlar borgan sari keskin tus olyapti. 

Eslatib o‘tamiz, Makron Fransiyada Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) karikaturasini o‘quvchilariga ko‘rsatgan o‘qituvchi chechen yigit tomonidan o‘ldirilgach Islomga qarshi kurashni kuchaytirdi. Bungacha ham u musulmonlarga qarshi kurashish kerakligini ochiqcha aytib kelayotgandi. 

Turkiya Prezidenti uning bu fikrlari uchun tanqid qilib, uni ruhiy xasta ekanini va muolaja olishi kerakligini aytdi. Bunga javoban Fransiya Erdo‘g‘an o‘zining siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirishi kerakligini aytib javob qaytardi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya-Turkiya

Baholaganlar

1434

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing