Erdo‘g‘an Makronga: “Seni hali men bilan ko‘p muammolar kutib turibdi”

Olam

image
Turkiyani eng kuchli 10 davlatdan biriga aylantiramiz – Erdo‘g‘an north_east

Turkiyani eng kuchli 10 davlatdan biriga aylantiramiz – Erdo‘g‘an

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga jiddiy muammolar bilan tahdid qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Erdo‘g‘an kecha, 12 sentyabr kuni “Demokratiya va erkinliklar oroli”ga aylantirilgan Yassiadada davlat to‘ntarishining 40 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Milliy iroda: vasiylikdan demokratiyaga” simpoziumidagi nutqida Makronni Turkiya bilan mojaroga bormaslikka chaqirgan.

“Fransiya ham doimo kun tartibida. Men ismini keltirishni istamasdim, ammo u men bilan ko‘p o‘chakishyapti. “Bizning Turkiya xalqi bilan emas, Erdo‘g‘an bilan muammomiz bor”, deydi. Janob Makron, seni hali men bilan ko‘p muammolar kutib turibdi. Seni ko‘p marta ogohlantirdim, lekin quloq solmayapsan.

Tarixni bilmaysan. Avvalo, turk millati bilan o‘chakishma. Afrikaning tarixi Turkiyaning tarixidir. Jazoir va Ruandada minglab odamlarni o‘ldirgan sizsiz.

Siz bizga insoniylikdan dars berolmaysiz, avvalo, buni bilib qo‘ying. Liviyada yuz minglab odamni o‘ldirdingiz. Bular Liviyaga nega kirmoqchi? Neft uchun”, degan Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning Makronni “sen” deb, qattiq tanqid qilishiga Fransiya rahbarining rasmiy Anqara bilan qattiqqo‘lroq bo‘lish haqidagi Yevropaga qarata aytgan chaqiruvi sabab bo‘ldi. Makron o‘z chaqiruvida gap Turkiya xalqi haqida emas, rahbariyati haqida ketayotganini alohida ta’kidlagandi. Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya xalqi Erdo‘g‘an boshliq Hukumatdan ko‘ra ko‘prog‘iga loyiq.

Korsikada Portugaliya, Ispaniya, Malta va Gretsiya vakillari ishtirok etgan uchrashuvda Makron Turkiya bundan buyon O‘rta yer dengizidagi hamkor davlat emasligini aytgandi. Fransuz rahbarining bunday tepki berishiga rasmiy Anqara va Afina munosabatlari keskinlashgani sabab bo‘ldi.

Turkiya va Gretsiya munosabatlari yomonlashishiga rasmiy Anqaraning Oruç Reis kemasi Sharqiy O‘rta yer dengizida Gretsiya o‘zining iqtisodiy zonasi deb hisoblaydigan hududda geologik qidiruv ishlari olib borayotgani sabab bo‘ldi. Shu sababdan Gretsiya qurolli kuchlari yuqori shaylik holatiga keltirilgan. Turkiya Kipr ham o‘zining iqtisodiy zonasi deb hisoblaydigan hududlarda ham qidiruv ishlarini boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Frantsiya-Turkiya

Baholaganlar

600

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing