Turkiyani eng kuchli 10 davlatdan biriga aylantiramiz – Erdo‘g‘an

Olam

image

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyani dunyoning eng kuchli 10 ta mamlakatidan biriga aylantirmoqchi. Davlat rahbari bu yo‘lda qat’iy harakatlar boshlanganini ma’lum qildi. U bu haqda kecha, 5 sentyabr kuni Istanbuldagi yangi shifoxonaning ochilish marosimidagi nutqida so‘z yuritgan. 

Prezident beqaror siyosiy o‘tmish, ommaviy tartibsizliklar, ichki va tashqi hiyla-nayrangli hujumlarsabab aqtini va kuchini behuda sarf qilgan Turkiya yana o‘sha tuzoqqa tushishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi

“Biz millatimizning birligi, birdamligi va birodarligini saqlab qolish orqali uni mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz. Davlatimiz har bir sohada maqsad va orzularimizga muvofiq kuchga ega bo‘lishi uchun kechayu kunduz ishlashda davom etamiz. Biz o‘z fuqarolarimiz qatori barcha do‘stlar va birodarlarning umidiga aylangan ushbu mamlakatni siyosat, iqtisodiyot va harbiy sohalarda o‘sishi va mustahkamlanishi uchun ko‘proq harakat qilamiz. 

Mamlakatimizga qarshi xusumatlarini omma qarshisida ifoda etishdan tortinmaydilar tomonidan ilgari surilgan to‘ntarish va siyosiy fitna ssenariylarini birma-bir yirtib tashlaymiz. Allohning yordami va millatimiz ko‘magi bilan mamlakatimizni bugungi darajadan yuqoriga ko‘tarib, dunyodagi eng yirik 10 ta davlatdan biriga aylantirishga qat’iy qaror qildik”, deydi Erdo‘g‘an. 

Uning ta’kidlashicha, bugungi kunla Turkiya har qanday provokatsiyani oldini olish uchun yetarli siyosiy, iqtisodiy va harbiy kuchga ega. O‘tgan 18 yilda, ya’ni Erdo‘g‘an boshchiligidagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasining tashkil topishi ortidan Turkiya boshqa sohalar qatori sog‘liqni saqlash sohasida ham ulkan yutuqlarga erishgan va bu koronavirus pandemiyasi paytida yanada aniqroq ko‘zga tashlangan. 

“Bugun Turkiya o‘ziga ishongan, o‘z salohiyatini anglagan, dushmanning imkoniyatlarini baholay oladigan mamlakatdir”, deydi Erdo‘g‘an. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing