Xavfli siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak – Fransiyadan Erdo‘g‘anga javob keldi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron haqida noo‘rin fikr bildirdi va o‘zining xavfli siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak. Bu haqda bugun, 24 oktyabr kuni Yelisey saroyida Turkiya rahbarining Fransiyada radikal islomga qarshi kurashish yuzasidan bildirgan keskin munosabatiga javoban.

“Prezident Erdo‘g‘anning so‘zlariga chidab bo‘lmaydi. G‘azab va qo‘pollik uslub emas. Biz Erdo‘g‘anni siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirishga chaqiramiz, negaki u barcha munosabatlarda xavfli”, degan Fransiya Prezidenti administratsiyasi vakili.

U Yelisey saroyi “befoyda polemika” uyushtirmasligini, ammo haqoratga ham yo‘l qo‘ymasligini aytib o‘tgan. Administratsiya xodimi Fransiya Anqaradagi elchisini Erdo‘g‘anning bayonoti bo‘yicha maslahatlashuv uchun chaqirib olishini bildirgan.

Avvalroq, Rajab Toyib Erdo‘g‘an Fransiya Prezidentining Islom dini haqidagi fikrlari uchun keskin tanqid qilib, uni ruhiy xasta ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya-Turkiya

Baholaganlar

989

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing