O‘zbekistonga yana 500 ming doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi
Jamiyat
−
19 may 2021
2313Bugun, 19 may kuni 3-bosqich sinovlari O‘zbekistonda o‘tkazilgan, o‘zbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 500 ming dozasi olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 18 may kuni ushbu vaksinadan 1 million doza keltirilib, emlash jarayonlarida foydalanilayotgan ZF-UZ-VAC2001 miqdori 3 million dozaga yetgan edi.
Ma’lum qilinishicha, 1 apreldan 18 maygacha bo‘lgan muddatda O‘zbekistonda jami 1 million 412 ming 312 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan 1-bosqichda emlanganlar 1 mln 125 995 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 286 317 nafarni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelingan edi.
LiveBarchasi