Vaksina olishdan bosh tortganlar qamaladi
Olam
−
08 yanvar 2022
19697Koronavirus bilan zararlanish holatlari ortgani tufayli Filippin jiddiy choralar ko‘rmoqda. Mamlakat bo‘ylab birgina bugun, 8 yanvar kuni 26 458 ta COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, kechaning o‘zida virusga qarshi test topshirgan 70 000 dan ortiq kishining 43,2 foizida kasallik aniqlangan. Bu pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda qayd etilgan eng yuqori zararlanish ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Hozirga qadar Filippin aholisining 3 milliondan ortig‘i virus yuqtirib olgan.
Mamlakat sog‘liqni savlash sohasi rasmiylariga ko‘ra, kasallanish holatlari joriy oyning oxiriga borib yadana yuqori ko‘rsatgichni egallaydi.
Vaziyat jiddiylashishi va virusning yangi shtammi “Omicron”ning keng tarqalishi ortidan mamlakat Prezidenti Rodrigo Duterte vaksina olishdan bosh tortgan fuqarolarni qamoqqa olish haqida topshiriq bergan.
“Joriy qilingan cheklovlarni buzib, uyidan tashqariga chiqqan holda, boshqalarning hayotini xavf ostida qoldirayotganlarni shu yo‘l bilan ushlab turishdan boshqa chora yo‘q. Men ogohlantirishlarni pisand qilmasdan emlanishdan bosh tortganlarni qamoqqa olish haqida topshiriq berdim”, deya bildirgan Prezident.
Aholisi 10 milliondan kam bo‘lgan Filippinda koronavirusga qarshi emlanish ixtiyoriy etib belgilangan. Hozirga qadar mamlakat aholisining yarmidan kamrog‘i COVID’ga qarshi to‘liq emlangan.
Duterte, o‘tgan yili mamlakat bo‘ylab tarqalgan koronavirusning “Delta” shatmmi sababli joriy qilingan cheklovlarni buzgan yoki emlanishdan bosh tortgan fuqarolarni hibsga olish haqida avval ham topshiriq bergan edi.
Behruz Saidov
LiveBarchasi