O‘zbekistonda qancha vaksina zaxirasi yaratilgani ochiqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda 5 million 400 ming dozalik vaksina zaxirasi shakllantirildi. Bugun, 10 iyun kuni O‘zbekistonga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda

Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan beshinchi partiyasi bo‘lib, bundan avval ZF-UZ-VAC2001ning:

  • 27 martda — 1 million doza;
  • 27 aprelda — 1 million doza;
  • 18 mayda —  1 million doza;
  • 19 mayda —  500 ming doza partiyalari keltirilgan.

Shuningdek, O‘zo‘bekistonda:

  • 660 ming doza AstraZeneca;
  • 240 ming doza “Sputnik V” vaksinasi qo‘llanilib kelinmoqda.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 5,4 million dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 2,4 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga yana 70 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing