O‘zbekistonning 3 viloyatida emlash ko‘rsatkichi 300 ming dozadan oshdi
Jamiyat
−
12 iyun 2021
3770O‘zbekistonning 3 ta viloyati — Farg‘ona, Andijon va Namanganda koronavirusga qarshi emlash ko‘rsatkichi 300 ming dozadan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 11 iyunda mamlakat hududlari bo‘ylab 43380 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 20279 nafarni;
- 2-bosqich emlanganlar 15016 nafarni;
- 3-bosqich emlanganlar 8085 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatda jami 2572988 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 1572101 nafarni;
- 2-bosqichda emlanganlar 960670 nafarni;
- 3-bosqich emlanganlar 40217 nafarni tashkil qildi.
11 iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Toshkent viloyati (6709 doza);
- Andijon viloyati (5537 doza);
- Farg‘ona viloyati (4944 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
- Farg‘ona viloyatida 308288 doza;
- Andijon viloyatida 301289 doza;
- Namangan viloyatida 300418 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi
LiveBarchasi