O‘zbekistonning 3 viloyatida emlash ko‘rsatkichi 300 ming dozadan oshdi
Jamiyat
−
12 iyun 2021 5772 1 daqiqa
O‘zbekistonning 3 ta viloyati — Farg‘ona, Andijon va Namanganda koronavirusga qarshi emlash ko‘rsatkichi 300 ming dozadan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 11 iyunda mamlakat hududlari bo‘ylab 43380 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 20279 nafarni;
- 2-bosqich emlanganlar 15016 nafarni;
- 3-bosqich emlanganlar 8085 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatda jami 2572988 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 1572101 nafarni;
- 2-bosqichda emlanganlar 960670 nafarni;
- 3-bosqich emlanganlar 40217 nafarni tashkil qildi.
11 iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Toshkent viloyati (6709 doza);
- Andijon viloyati (5537 doza);
- Farg‘ona viloyati (4944 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
- Farg‘ona viloyatida 308288 doza;
- Andijon viloyatida 301289 doza;
- Namangan viloyatida 300418 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025