O‘zbekistondagi qamoqxonalarda inson huquqlari qanchalik bor?
Intervyu
−
27 noyabr 2020
12102Jazoni ijro etish muassasasi. Uning nomini eshitganda ko‘pchiligimizning ko‘z o‘ngimizda qaysidir jinoyati yoki tuhmat sabab jazoni muddatini o‘tayotgan mahbuslar, bir xil libosda saf tortgan, ko‘zi umid so‘ngan, yuzidan ilinch qochgan odamlar keladi. Kamiga tazyiq, ruhiy va jismoniy bosim...
Jazoni ijro etish muassasalari (JIEM) haqida so‘z borganda aynan mamlakatdagi qamoqxonalarda bu qanchalik ta’minlanayotgani haqidagi savol kun tartibiga chiqadi. Biz asosan inson huquqlari haqida gapirganimizda ijtimoiy hayotimizda uchrab turadigan mayda muammolardan so‘z ochamiz. Ammo inson huquqlarining asr mohiyati Jazoni ijro etish muassasalarida ayon bo‘ladigandek...
O‘zbekistondagi inson huquqining buzilishi, mamlakat imiji va Prezident olib borayotgan siyotsatga qanchalik ta’sir qiladi? QALAMPIR.UZ ushbu savol bilan “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ijrochi direktori Eldor Tulyakovga mikrofon tutdi.
“Albatta, qiynoqlarning mavjudligi O‘zbekistonda hozirgi kunda inson huquqlari ustuvor degan prinsipga qarshi. Agar qiynoqlar mavjud bo‘lsa, bu bevosita mamlakatda huquqiy davlat qurishdagi olib borilayotgan ishlarga zid bo‘ladi. Hozirgi kunda bu soha, davlat organlari tomonidan hamda jamoatchilik tomondan nazoratda. Qiynoqlar bo‘lsa, bu haqda faktlar aniqlansa, OAV keng yoritmoqda. Bu kabi vaziyatlar o‘z tasdig‘ini topsa, albatta, bunga qarshi choralar ko‘riladi. Aybdor shaxslarni zudlik bilan ishdan chetlatish, shu bilan birga ularga qonunda ko‘rsatilgan jazolarni qo‘llash bo‘yicha choralar ko‘rilayotganini kuzatib boryapmiz”, deydi Eldor Tulyakov.
Jazoni ijro etish muassasalarida turli islohatlar olib borilayotganligi, JIEM rahbarlari mahkumlar dardini tinglayotgani haqida aytilyotgan bir vaqtda, Andijon shahar IIBda qiynoqqa solingan fuqaro vafot etdi, Chiroqchida IIBdan jasad chiqdi. Bu bilganimiz, bilmaganlarimiz qanchaligi ma’lum emas.
Xo‘sh, bu borada JIEMlarda vaziyat qanday? Ular mamlakatda inson huquqlarini ta’minlash sohasiga qanchalik hissa qo‘shmoqda? Qanday kamchiliklar uchramoqda? Bu savollarga Tulyakov shunday javob qaytardi:
“Inson huquqlari bo‘yicha BMT Oliy komissarining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Jazoni ijro etish tizimi faoliyati: xalqaro standartlar, hamda xorijiy va milliy tajriba” mavzusida seminar tashkil etilgan. Ular ham O‘zbekistondagi Jazoni ijro etish muassasalarida olib borilayotgan islohotlardan, ma’lum kamchiliklardan xabardor.
Tabiiyki, seminarda ular o‘z fikrlari bilan qatnashadilar. Seminarda tegishli ravishda ekspertlar jalb qilinib, ular kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar qanday amalga oshirilgani, bu borada qanday qiyinchiliklar bilan ijobiy natijalarga erishilgani haqida JIEM rahbarlariga tushuntirib, ko‘rsatishyapti. Bu mamlakatning jahondagi imijiga ijobiy ta’sir qilishini alohida tushintirib berishmoqda. Bu esa qiynoq kabi holatlar yaqin kelajakda qaytarilishining oldini olishga qaratilgan”.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklandi, oqibatda u vafot etdi. Joriy yilning 21 sentyabr kuni jinoiy ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.
Shuningdek, Andijon shahar IIBda fuqaro Ichki ishlar xodimlari tomonidan qiynoqqa solinib, ruhiy azob berilishi oqibatida vafot etgan. Bugun, 27 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi binosida ushbu holat bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi.
Bundan tashqari, Farg‘onada IIB xodimlari o‘qituvchini kaltaklab, uni bir oyoqda turishga majburlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Farg‘ona viloyati IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot bergan va aniqlanishicha, voqea joriy yilning 26 iyul kuni sodir bo‘lgan. Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilmadi.
LiveBarchasi