“Andijon voqeasi”: fuqaroni IIBda o‘lasi qilib kaltaklaganlar 10 yilga qamaldi
3-sahifa
−
27 noyabr 2020
9963Bugun, 27 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi binosida Andijon shahar IIBda fuqaroning qiynoqqa solinishi va shifoxonada vafot etgani bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.
Sudlanuvchilar D.Hamraliyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan), Q.Qodirov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan), E. Rayimjonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan), F. Husanboyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan), P. Mamajonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) va A. To‘raqulov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismi navbatchisi vazifasida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi.
Ushbu jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi O. Arabov raisligida hamda sudyalar Z. Fayziyev va Sh. Rajabovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2020 yil 27 noyabrdagi hukmiga ko‘ra:
D. Hamraliyevning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqcha kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan chiqarildi, shuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismining “b” bandidan shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. D. Hamraliyev Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksi 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
Q. Qodirovning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqcha kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan chiqarildi, shuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “b” bandidan shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. Q. Qodirov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
E. Rayimjonovning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqcha kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan chiqarildi, shuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “b” bandidan shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. E. Rayimjonov Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
F. Husanboyevning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqcha kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan chiqarildi, shuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “b” bandidan shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. F. Husanboyev Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
P. Mamajonovning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqcha kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan chiqarildi, shuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “b” bandidan shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. P. Mamajonov Jinoyat kodeksining 28-moddasi orqali 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 234-moddasi 1-qismi, 28-moddasi orqali 235-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
A. To‘raqulovning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqcha kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan chiqarildi, shuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “b” bandidan shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. A. To‘raqulov Jinoyat kodeksining 227-moddasi 1-qismi va 234-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 2-qismi va 61-moddasi tartibida tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yo‘li bilan uzil-kesil 1 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 1 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyasida o‘tash belgilandi.
Jabrlanuvchi va jabrlanuvchining qonuniy vakiliga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish masalasida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqlari tushuntirildi.
Mazkur jinoiyat ishi bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.
Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyatida qimmatbaho tosh o‘g‘riligida gumonlanib, 29 may kuni soat 22:00 larda IIBga olib kelingan va shafqatsizlarcha qiynoqqa solingan fuqaro A.Abdukarimov oradan ikki haftaga yaqin vaqt o‘tgach, shifoxonada vafot etgandi.
LiveBarchasi