Farg‘onada IIB xodimlari o‘qituvchini kaltaklab, qiynoqqa solgani bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Jamiyat
−
03 avgust 2020
17402Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada IIB xodimlari o‘qituvchini kaltaklab, uni bir oyoqda turishga majburlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Farg‘ona viloyati IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 26 iyul kuni Furqat tumanidagi 34-son ixtisoslashgan umumta’lim maktabida kompyuter o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq xolat sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xuzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Xabarda keltirilganidek IIO xodimlari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Shuhrat Jo‘rayevni qiynoqqa solganlik bilan bog‘liq holati yuzasidan Furqat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Shuningdek viloyat IIB tomonidan xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, qo‘shimcha xabar beriladi.
LiveBarchasi