Chiroqchida IIBdan jasad chiqdi. Ish bo‘yicha organ xodimlari qamoqqa olindi
Jamiyat
−
27 yanvar 2020
32150Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkakni IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani, natijada u vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda voqelik 23 yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgani aytilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati mazkur holat bo‘yicha QALAMPIR.UZ`ga bayonot berdi. Bayonotda tarqalgan xabarlar haqiqat ekani tasdiqlangan.
Joriy yilning 23 yanvar kuni soat 01:50 da Chiroqchi tumanning Langar qishlog‘ida sodir etilgan chorva mollari o‘g‘riliklarini fosh etish borasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida o‘g‘irlikda gumon qilinib Chiroqchi tumani IIO FMB binosiga olib kelingan Yu.A vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 23 yanvar kuni Chiroqchi tumani IIO FMBning 2 nafar xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harkatlari olib borilmoqda.
Tergov davomida jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi. Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi.
LiveBarchasi