Xitoy AQSHni inson huquqlarini buzishda aybladi
Olam
−
29 may
3772Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishda davom etmoqda. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi matbuot xizmatining 2023 yilda AQSHda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi hisobotida aytiladi.
"Qo‘shma Shtatlarda inson huquqlari bo‘yicha vaziyat tobora qutblanib bormoqda, hukmron ozchilik siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ustunlikni saqlab qolmoqda, oddiy odamlarning ko‘pchiligi esa borgan sari marginallashtirilmoqda, ularning asosiy huquq va erkinliklari e’tibordan chetda qolmoqda", deyiladi hujjatda.
Xitoy hukumat idorasining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarda qurolli zo‘ravonlik keng tarqalgan. Amerika hukumati so‘z erkinligini bostirish orqali fuqarolarning shaxsiy hayotini nazorat qilish uchun o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmoqda. FQB to‘liq kuzatuv tizimini ishga tushirgan va politsiya zo‘ravonligi tufayli o‘limlar soni eng yuqori darajaga yetgan. Ozodlikdan mahrum qilish va mahkumlarni majburiy mehnatga jalb qilish tizimida jiddiy muammolar mavjud. Siyosatchilar saylovlarni manipulyatsiya qilishda davom etmoqda va etnik ozchiliklar muntazam ravishda irqiy kamsitishlarga duch kelmoqda. Iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikning kuchayishi kambag‘allarning hayotini juda qiyinlashtiradi.
“Qo‘shma Shtatlar ham Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyani va Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani haligacha ratifikatsiya qilmagan”, deyiladi Xitoy bayonotida.
Rasmiy Pekinga ko‘ra, xalqaro maydonda Qo‘shma Shtatlar uzoqdan beri gegemonlikka intilgan, hokimiyat siyosati bilan shug‘ullangan va gumanitar inqirozlarni keltirib chiqargan.
“AQSH Qurolli kuchlari boshqa davlatlarning suvereniteti va inson huquqlarini poymol qilmoqda va mojaro zonalariga qurol yetkazib berishda davom etmoqda, bu esa tinch aholining katta qurbonlariga olib keladi”, deyiladi hisobotda.
Hujjatda Qo‘shma Shtatlar boshqa davlatlarga nisbatan dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq sanksiyalar kiritgani keltirilgan.
“Qo‘shma Shtatlardagi turli inson huquqlari muammolari, xalqaro inson huquqlari harakatining sog‘lom rivojlanishiga jiddiy tahdid soladi va to‘sqinlik qiladi", deyiladi bayonotda.
LiveBarchasi