O‘zbekistonda yana chang bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ertaga, 21 dekabr kuni O‘zbekiston hududlarida kutilayotgan kuchli shamollar hamda Turkmaniston Respublikasi chegara hududlaridan changli bo‘ronlar kirib kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, shu tufayli Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida chang bo‘ron va g‘uborlar kuzatilishi mumkin.

Avvalroq joriy yilning 21-22 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 30 barobar oshdi.

Shamol avj olgan mahalda AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga o‘rnatilgan havoning ifloslanishini aniqlash moslamasi poytaxt havosini “o‘ta nosog‘lom”, deb baholadi.

“O‘zgidromet”  kuzatuvlariga ko‘ra, so‘nggi 150 yil ichida O‘zbekistonda bunday changli g‘ubor hodisasi kuzatilmagan. Sinoptiklar 12 noyabrgacha mamlakatda yog‘ingarchilik kutilmayotganini, shu sababli havodagi chang yana bir muddat saqlanib qolishi mumkinligini ma’lum qildi.

Joriy yilning 8 noyabr holatiga esa Toshkentda kuzatilgan qum bo‘ronidan keyin shahar havosi asta-sekin tozalanayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

chang bo'roni

Baholaganlar

188

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing