O‘zbekistonda aholini havo ifloslanishidan ogohlantirish boshlanadi
Jamiyat
−
23 fevral
16126O‘zbekistonda aholini chang bo‘roni va havo ifloslanishidan ogohlantirishni boshlash rejalashtirilmoqda. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 martdan chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarrachalar belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini ogohlantirish amaliyoti tashkil qilinadi va kurilish ob’ektlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etiladi.
Shuningdek, yurak qon-tomir va nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan hamda sog‘lig‘i havoning ifloslanishiga ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan boshqa fuqarolarni zarur profilaktik choralar haqida muntazam xabardor qilish boshlanadi.
Bundan tashqari, o‘lchami 500 metr kvadrat va undan ortiq bo‘lgan qurilish ob’ektlari va unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etish topshirilgan.
Javohir Yo‘ldashov