Toshkent kuchli chang bo‘roni ichida qoldi

Jamiyat

image

Bugun, 17 may kuni soat 18:00 dan beri Toshkent shahrida kuchli chang bo‘roni kuzatilmoqda.

O‘zgidromet bergan axborotga ko‘ra, poytaxt havosida PM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 44,95 mkg/m3 ni tashkil etgan. Bu esa ruxsat etilgan me’yordan 1,28 marta oshganini bildiradi.

Shu bilan birgalikda, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kuchli shamol bo‘layotgani sababli poytaxt aholisiga ogohlantirish bilan chiqdi.

Boshqarma kuchli shamol bo‘layotgan vaqtda quyidagi choralarni ko‘rishga chaqirgan:

  • yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
  • ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
  • ko‘p qavatli binolarning balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
  • shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yerosti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
  • buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;

Qolaversa, boshqarma avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalarning ostida qoldirmaslik tavsiya etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent chang bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing