O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiqariladi

Jamiyat

image

Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishib oldi, o‘zbek tomoni allaqachon dori ishlab chiqarish uchun joyni tanlagan. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.

“Biz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin va O‘zbekiston Prezidentining ko‘rsatmalari doirasida “Sputnik V”) O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish to‘g‘risida kelishib oldik”, deydi Murashko uchrashuv yakunlari bo‘yicha.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston tomoni Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish uchun joy tanlagan, loyiha ishlab chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 aprel kuni O‘zbekistonga Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining dastlabki partiyasi keltirilgandi. 27 aprel kuni O‘zbekiston ushbu vaksinaning navbatdagi partiyasini qabul qilib oldi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing