O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 2000 nafardan oshib ketdi

Jamiyat

image
“Bilayn”ning 91 nafar ishchisi karantinga olindi north_east

“Bilayn”ning 91 nafar ishchisi karantinga olindi

Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida jami 14 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 12 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar, Surxondaryo viloyatida yana 2 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha,Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Andijon viloyatidan. Ulardan 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari Rossiyadan, yana 1 nafari Tojikistondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 72 yoshda bo‘lsa, eng yoshi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, 1 nafari Rossiyadan, 3 nafari Qozog‘istondan, yana bir nafari esa Dubay-Toshkent charter reysi bilan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, ular Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri, shuningdek, Tojikiston Respublikasidan 1 nafardan fuqaroni tashkil qiladi.. Ular orasida eng yoshi kattasi 47 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 26 yoshda. Toshkent shahrida shu paytga qadar sog‘ayganlar 628 nafar yetdi.

Shuningdek, Surxondaryoda tuzalganlarning 2 nafari ham (49 yoshli erkak Jarqo‘rg‘on tumanidan, 33 yoshli erkak Angor tumanidan) ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Viloyatda shu paytga qadar sog‘ayganlar 40 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2010 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda koronavirus aniqlanganlar soni 2519 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

206

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing