“Bilayn”ning 91 nafar ishchisi karantinga olindi
Jamiyat
−
12 may 2020
15996“Bilayn” uyali aloqa kompaniyasining 91 nafar xodimi Toshkent viloyatida joylashgan karantin poligonida saqlanmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, Yuqori Chirchiqdagi karantin poligoniga quyidagilar joylashtirilgan:
“Bilayn” kompaniyasining 91 nafar ishchisi;
Seul–Toshkent charter reysidan 127 nafar fuqaro;
G‘ishtko‘prik chegara postidan o‘tgan 218 nafar fuqarodan 214 nafari;
Parkent tumanidan uy karantinida bo‘lgan 45 nafar fuqaro.
Yuqori Chirchiq karantin poligonida COVID-19 aniqlangan 4 nafar fuqaro davolash muassasalariga o‘tkazildi.
Yuqori Chirchiq hamda O‘rta Chirchiq tumanidan nevropatolog, travmatolog, kardiolog, ginekolog, gastroenterolog Yuqori Chirchiq karantin poligoniga fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuborildi.
Piskent tumanidan 10 nafar hamshira, 5 nafar kichik tibbiy xodim Yuqori Chirchiq karantin poligoniga safarbar qilindi.
LiveBarchasi