O‘zbekistonda karantin noyabrgacha davom etadimi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 3 haftadirki davom etayotgan karantin rejimi qachon tugashi borasida ijtmioiy tarmoqlarda turli ma’lumotlar tarqalyapti. Bu tartib noyabr oyigacha ham davom etishi mumkinligi haqida ham mish-mishlar tarqaldi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bu xabarlarga munosabat bildirdi.

“Bu kabi bashoratlarni tez-tez uchratyapmiz. Ular shu darajada xilma-xilki, hatto ming yil, bir yarim ming yil koronavirus tarqalishini bashoratchilar aytib ketgan ekan, degan fikrlar paydo bo‘lmoqda. "Ko‘pchilikdan quyon qochib qutulmaydi" degan maqol bor, butun dunyo ushbu infeksiyaga qarshi kurashayotgan ekan, demak ushbu muddat uzoqqa cho‘zilmaydi”, dedi Otabekov.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 298 nafarga yetdi. Ularning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor

 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

2311

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing