Rekord. Bugunning o‘zida O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 83 nafarga yetdi

Jamiyat

image
Bemor koronavirusdan qancha muddatda tuzaladi? north_east

Bemor koronavirusdan qancha muddatda tuzaladi?

Namangan va Toshkentda jami 51 nafar bemor koronavirus kasalligidan tuzaldi. Bu haqda bugun, 21 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 31 nafar bemor, shuningdek, Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan yana 20 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Toshkentda shifo topganlarning 11 nafari Rossiyadan Toshkentga kelishgach, “Sokol” oromgohiga karantinga olingan, 1 nafari Fransiyadan, 1 nafari Turkiyadan yana 1 nafari esa BAAning Dubay shahridan kelgan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Qolgan 17 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yutirib olgan. 

Bemorlardan 16 nafari erkak, 15 nafari ayol. Ulardan 22 nafari poytaxtimizdan, Samarqand,Farg‘ona va Xorazm  viloyatlaridan 2 nafardan, Navoiy va Toshkent viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 11 yoshda. So‘nggi tekshiruvlar ushbu bemorlarda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgan.

Shuningdek, Namangan viloyatida tuzalganlarning barchasi Namangan shahridan bo‘lib, 19 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan, bir nafari Turkiyadan kelgan. Bemorlarning 7 nafari erkak, 13 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularning xastalikni to‘liq yengib o‘tganligini ko‘rsatdi. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 23 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 43 nafarga yetdgan. 

Ta’kidlash joiz, avvalroq Andijon, Farg‘ona, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ham bir qancha bemorlar ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgandi. Yuqoridagi tuzalganlarni qo‘shganda jami 84 nafar bemor bugunning o‘zida ushbu kasallikdan shifo topdi.

Shu bilan, mamlakatda koronavirusdan tuzalganlar soni 344 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 6 nafari vafot etgan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

95

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing