Bemor koronavirusdan qancha muddatda tuzaladi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga gumonlanib, karantinga olingan yoki undan davolanib, reabilitatsiyaga o‘tkazilgan fuqarolarning chiqishi laboratoriya tekshiruvlari natijasiga bog‘liq. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qildi.

“Bemorlar o‘rtacha 10-15 kun, ba’zida og‘ir hollarda bir oy davomida tuzaladi. Tuzalgandan so‘ng, yana 14 kun davomida reabilitatsiya ishlari olib boriladi.

Karantindan chiqarish qoidalariga asosan, 14 kunda laboratoriya natijalari manfiy bo‘lsa, karantindagilar chiqariladi, agar laboratoriya natijalari musbat bo‘lsa, karantin davom etadi.

Virusni ajratayotgan odam karantindan chiqarilishi mumkin emas”, dedi Oqilov.

Bundan tashqari, SSV mas’uli epidemiologik ko‘rsatma bo‘lmasa, salomatligi yaxshi odam karantinga ixtiyoriy kirishi mumkin emasligini va bunga ehtiyojning o‘zi yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 1657 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 261 nafari davolangan, 5 nafari vafot etgan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

235

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing