O‘zbekiston va Ozarbayjonning birinchi xonimlari uchrashdi (foto+video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 22 avgust kuni  O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva Ozarbayjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva bilan uchrashdi. Bu haqda “Azertag” xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 10 noyabr kuni ham bu ikki davlatning birinchi xonimlari uchrashgandi. Samarqandga tashrif buyurgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va uning rafiqasi – mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyevani O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva qarshilagandi. Shu kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning birinchi xonimlari uchun maxsus “O‘zbekiston ranglari” ko‘rgazmasi tashkil etilgandi. Unda Turkiya Respublikasi birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Respublikasi birinchi xonimi Mehribon Aliyeva va Vengriya Bosh vazirining rafiqasi Aniko Levai ham ishtirok etgandi. Birinchi xonimlarga O‘zbekiston Prezidentining to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva hamrohlik qilgandi.

Ma’lumot uchun, Mehribon Arif qizi Aliyeva 1964 yil 26 avgustda Bakuda tavallud topgan. Ozarbayjon davlat, siyosiy va jamoat arbobi, 2017 yildan buyon Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti. 

Shuningdek, u Ozarbayjon gimnastika federatsiyasi prezidenti, Ozarbayjon-Fransiya parlamentlararo aloqalari bo‘yicha ishchi guruh rahbari, Haydar Aliyev jamg‘armasi va Ozarbayjon madaniyatining do‘stlari jamg‘armasi prezidenti.

Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva esa 1957 yilning 4 dekabr kuni Qo‘qonda tavallud topgan. “Zamin” xalqaro jamoat fondi vasiylik kengashi raisi

Har ikkala birinchi xonim ham ikki qiz, bir o‘g‘ilning onasi.


Maqola muallifi

Teglar

Mehribon Alieva Ziroatxon Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made