O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari hamda birinchi xonimlari uchrashdi
Jamiyat
−
11 noyabr 2022
11372O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi – birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva bilan Samarqandda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va uning rafiqasi – mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyevani qarshiladi. Uchrashuv kecha, 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan.
Mehribon Arif qizi Aliyeva 1964 yil 26 avgustda Bakuda tavallud topgan. Ozarbayjon davlat, siyosiy va jamoat arbobi, 2017 yildan buyon Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti.
Shuningdek, u Ozarbayjon gimnastika federatsiyasi prezidenti, Ozarbayjon-Fransiya parlamentlararo aloqalari bo‘yicha ishchi guruh rahbari, Haydar Aliyev jamg‘armasi va Ozarbayjon madaniyatining do‘stlari jamg‘armasi prezidenti.
Ikki qiz, bir o‘g‘ilning onasi.
Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva esa 1957 yilning 4 dekabr kuni Qo‘qonda tavallud topgan.
“Zamin” xalqaro jamoat fondi vasiylik kengashi raisi.
U ikki qiz va bir o‘g‘ilning onasi.
Ayni vaqtda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevdan tashqari, Turkiy Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ham rafiqasi – birinchi xonim Emina Erdo‘g‘an hamrohlik qilmoqda. Shuningdek, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ham rafiqasi Aniko Levai bilan tashrif buyurgan.