Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida Özbekiston milliy paviloniga bordi
Jamiyat
−
21:34 479 1 daqiqa
Bugun, 11 noyabr kuni Antaliya şahrida bölib ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Özbekiston Respublikasi Birinçi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva Özbekiston milliy paviloniga taşrif buyurdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilişiça, pavilon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan. Taşrif davomida Ziroat Mirziyoyeva bu yerda namoyiş etilgan milliy ekologik loyihalar va taşabbuslar bilan tanişgan.



“Zamin” fondi tomonidan amalga oşirilayotgan “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi iştirokçilari Birinçi xonimga ta’limning barça bosqiçlarini qamrab olgan uzluksiz ekologik ta’lim tizimining taqdimotini ötkazgan. Mazkur tizim maktabgaça va boşlanğiç ta’lim uçun LEAF, umumta’lim maktablariga Eco-Schools, oliy va örta kasbiy ta’lim muassasalari uçun Eco-Campus dasturlarini öz içiga oladi.



COP31 doirasidagi Özbekiston milliy paviloni mamlakatda amalga oşirilayotgan ekologik islohotlarni namoyiş etiş, tajriba almaşiş hamda barqaror kelajak yölida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş uçun maydon vazifasini ötamoqda.
Live
Barchasi