Ziroat Mirziyoyeva Ammondagi hunarmandçilik şourumiga bordi 

O‘zbekiston

−

visibility970 timer1 daqiqa

image

Özbekiston Respublikasi Prezidentining Iordaniyaga davlat taşrifi doirasida mamlakat Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Iordaniya qiroliçasi Raniya al-Abdulloh bilan birgalikda Ammon şahridagi Jordan River Designs hunarmandçilik şourumiga taşrif buyurdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram-kanalida xabar berildi.

Qayd etilişiça, Jordan River Foundation jamğarmasi huzurida faoliyat yurituvçi uşbu şourumda ijtimoiy himoyaga muhtoj hunarmand ayollar tayyorlagan qöl mehnati mahsulotlari namoyiş etilgan. Loyiha özida milliy hunarmandçilik an’analarini asrab-avaylaş bilan birga ayollarning barqaror bandligini ta’minlaş hamda ularning oilalari farovonligini oşirişni mujassam etadi. 

Jordan River Designs dasturi doirasida har yili 800 nafardan ortiq mahalliy hunarmand ayol iş bilan ta’minlanadi. Ular Iordaniyaning boy madaniy merosini aks ettiruvçi an’anaviy va zamonaviy mahsulotlar, şu jumladan, kaştaçilik bilan bezatilgan interer buyumlari, gilamlar, moda aksessuarlari va esdalik sovğalarini tayyorlaydi. 

Taşrif davomida Ziroat Mirziyoyeva bunday yondaşuv kambağallikni qisqartiriş va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş, milliy hunarmandçilik an’analarini asrab-avaylaş hamda mahorat sirlarini yoş avlodga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing